Bugun, 14 dekabr kuni, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi Moskva shahrining yettita joyida hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir natijasida, kelib chiqishi markaziy osiyolik bo‘lgan, o‘n bir nafar fuqaro qo‘lga olingan.
Shuningdek, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida turli hujjatlarning blanklari, migratsiya kartochkalari, haydovchilik guvohnomalari va ishga kirish patentlarini bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan yashirin bosmaxona aniqlangan. Bularning barchasidan, hududdan kelganlarning Rossiyada yashab qolishini rasmiylashtirish uchun foydalanilgan.
11 nafar kishi, Moskva shahridagi tuman ichki ishlar bo‘linmalariga olib ketilgan. Hozirgi vaqtda ularni ma’muriy javobgarlikka tortish va keyinchalik mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Yashirin bosmaxona egalarini esa, jinoyat kodeksi bo‘yicha javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi