
Guvohlarning aytishicha, noma’lum shaxsli kimsalar qora rangli liboslar va niqobda bo’lishgan.
Braziliyaning Manaus shahrida noma’lum shaxslar tomonidan havaskor futbol guruhi ishtirokchilariga mashg’ulot paytida hujum uyushtirildi. Otishma natijasida 6 kishi o’ldirilgan, 10 kishi og’ri tan jarohatlari olgan. Halok bo’lganlar orasida 17 yoshdan 33 yoshgacha bo’lgan fuqarolar bor, deyiladi xabarda.
Mahalliy aholi vakillari vafot etgan insonlarning biri giyohvand moddalarni tarqatishda ayblangani, hujum esa Braziliyaning ikki jinoiy guruhi orasidagi raqobat tufayli kelib chiqqani haqida aytishgan.
“Otishma ushbu tuman ustidan nazorat qilish uchun kurashgan ikki narkoguruh mojarolari bilan bog’liq” deydi regional xavfsizlik ministri.
Hodisa guvohlari qotillar o’z mashinalaridan pastga tushib, vintovka va pistoletlardan o’q ota boshlaganliklarini aytishmoqda.
Ayni paytda jinoyatchilarga tegishli bo’lgan 3 ta avtomobilning qayerda ekanligi aniqlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar