
AQSH prezidenti rafiqasi Melaniya Tram Oq uydagi 200 yillik tarixga ega daraxtni kesib tashlashlarini buyurdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu daraxt AQSHning yettinchi prezidenti Endryu Jekson tomonidan 1828 yili ekilgan.
Prezident rezidentsiyasiga tashrif buyurgan mutaxassislar daraxtni zudlik bilan kesib tashlash kerakligi, uning chirib ketgani va haddan ortiq zararlanganini ma’lum qilishgan.
Melaniyaning o’zi esa bu ishni Oq uyga tashrif buyuruvchilar xavfsiligini ta’minlash maqsadida amalga oshirayotgani va kesilgan daraxt tanasi saqlab qo’yilishini qo’shimcha qildi.
Qadimiy mangoliya daraxti shu hafta ichida kesib tashlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar