21:30 / 29.12.2017
6 871

Ramzan Qodirov: Sahifalarimning o‘chirilishi AQShning “ablahona kiberhujumi”

Ramzan Qodirov: Sahifalarimning o‘chirilishi AQShning “ablahona kiberhujumi”
Ramzan Qodirovning Instagram va facebook dagi sahifalari yopib qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Checheniston rahbari endi boshqa ijtimoiy tarmoq “Mylistory”ga o‘tganini e’lon qildi.

Ramzan Qodirovning sahifalari 23 dekabr kuni kechqurun bloklangan edi . Bir necha kun avval esa u AQShning magnit ro‘yxatiga tushgan. Shundan so‘ng Checheniston rahbari AQShga videomurojaat yo‘llagan. Natijada esa AQSh bu videomurojaatga javoban Ramzan Qodirovning instagram va facebook dagi akkauntlarini o‘chirib yubordi. Qodirovning o‘zi esa ushbu vaziyatga hukumatning buyrug‘i bilan uyushtirilgan “ablahona kiberhujum” deya baho berdi. Bu haqida medusa xabar bermoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi dastur Instagramning eski versiyasining ayni nusxasidir. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra ijtimoiy tarmoq «Chechenistonda sinov bosqichida turibdi va chet mamlakatlarnikidan kam emas.

«Endi barcha muhim yangiliklarni foto va videolari bilan ushbu dasturga joylab boraman», — deya ma’lum qilgan Checheniston rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov: Sahifalarimning o‘chirilishi AQShning “ablahona kiberhujumi”