
Ayni paytda Xalqaro Kosmik Stansiya bortida bo’lgan NASA astronavtlari Rojdestvo bayramini yaqinlari bilan muloqot qilib, bayram sovg’alarini qabul qilgancha kutib oldilar.
Tantananing qay tarzda nishonlangani haqida esa astronavt Mark T. Vande Hei o’zining Twitterdagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.

Xabarda aytilishicha, XKS da kosmosda surat olish va pitsa pishirish o’ziga hos an’anaga aylanib bo’lgan. Garchi kosmosda pishiriladigan pitsalar juda quruq va inson salomatligi uchun u qadar foydali bo’lmasa-da, astronavtlar bu ishni jon deb bajarishyapti.
Hozirgi kunda XKS bortida olti nafar astronavt va ikkita guruh bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing