05:45 / 15.01.2018
5 007

Rossiyalik fuqaro bemorlar navbat kutib o’tirgan paytda bayram uyushtirgan shifokorlar videosini internetga joylashtirdi

Россиялик фуқаро беморлар навбат кутиб ўтирган пайтда байрам уюштирган шифокорлар видеосини интернетга жойлаштирди
Ryazan kardiodispanseridan 19 dekabr kuni olingan videorolik internet tarmog’ida paydo bo’ldi. Videoda hech bir xonada bemorlarning qabul qilinmayotgani ma’lum bo’ladi. Barcha tibbiyot xodimlari bu paytda mudira xonasida tuzalgan dasturxon ustida jam bo’lgan edilar.

Kadrga tushib qolgan archadan bilish mumkinki, bu yangi yil bayrami tantanasi.

Video muallifi shifokorlar bemorlarga “bo’lim mudirasi majlis o’tkazayotgani” haqida aytib, kutib turishlarini tayinlashgani haqida ma’lum qilgan. Kasalxona yo’lagida esa bemorlarning navbatga tizilib olganlari ko’zga tashlanadi.

Video nihoyasida muallif sal avval hamshiralardan biri kirib ketgan mudira xonasi eshigini taqqilatmay kirib boradi va u yerdagi shohona dasturxon ustida o’tirgan shifokorlarni ko’radi.

Ushbu videorolikdan so’ng Ryazan oblasti sog’liqni saqlash vazirligi shifoxona mudirasiga qattiq hayfsan berdi, yana ikkita xodim esa ishdan bo’shatildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik fuqaro bemorlar navbat kutib o’tirgan paytda bayram uyushtirgan shifokorlar videosini internetga joylashtirdi