13 415
Chimkentdagi to‘yga 179 ming dollarlik 4,2 metr keluvchi tort tayyorlandi (foto, video)
Chimkentdagi to‘y uchun rossiyalik qandolatchi Renat Agzamov tomonidan narxi 179 ming dollar bo‘lgan, balandligi 4,2 metr keluvchi tort tayyorlandi. G‘aroyib tort tasvirlangan video va fotolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Renat Agzamovning Instagram’dagi sahifasida yozishicha, uning jamoasiga to‘rt metr keladigan tortni tayyorlash uchun uch kun talab etilgan.
Musiqiy prodyuser Jan Mukanovning Telegram kanalida xabar berishicha, tort Chimkentdagi to‘y marosimi uchun maxsus tayyorlandi.
"Kecha Chimkentdagi Rixos mehmonxonasida ajoyib to‘y bo‘lib o‘tdi! Mehmonlar orasida juda ko‘p yulduzlar bor edi – Valeriya, Shon, bokschi Gennadiy Golovkin. Yosh oilaga baxt tilayman!" – deya yozdi Mukanov Telegram’da.
Uning aniqlik kiritishicha, to‘yni o‘tkazgan oilani yaxshi taniydi. "Juda yaxshi odamlar va boyliklarini, ishonchim komilki, halol yo‘l bilan ishlab topishgan", - deya yozdi Mukanov.
Tortning balandligi 4,2 metr, diametri 3 metr, og‘irligi taxminan 1500 kg.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi