Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ AQShning Suriyadagi siyosatini tanqid qildi.
«AQSh PYD/YPG terrorchilarini (Kurdiston ishchilar partiyasining Suriyadagi qanoti) IShIDga qarshi kurash bahonasida qurollantirdi. Vashingtonning Suriyadagi yangi qadamlari strategik hamkori va ittifoqchisi hisoblanadigan Turkiya bilan do‘stonalikni ifodalamaydi», - degan vazir o‘rinbosari.
«AQSh IShIDga qarshi kurashda Turkiya bilan emas, PYD/YPG terrorchilari bilan hamkorlik qilib, olov bilan o‘ynashmoqda. Ular terrorchilarga minglab yuk mashinalarida qurol-yarog‘ yetkazib berishdi. AQSh Suriya chegarasida xavfsizlikni ta’minlash niqobi ostida terrorchilar armiyasini tuzdi», - deya davom etgan u.
Bundan avvalroq AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakiliga asoslangan holda OAV Vashington Suriya chegaralarida 30 ming kishilik harbiy kontingent tashkil etayotgani haqida xabar tarqatgandi.
AQSh rejasiga ko‘ra, «chegara kuchlari»ning katta qismi YPG jangchilaridan tuziladi va Turkiya hamda Iroq bilan chegalarni nazorat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi