6 483
Nazarboyev qozog‘istonliklar uchun AQShga vizasiz kirish yo‘lga qo‘yilishiga umid bildirdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda AQSh fuqarolari uchun Qozog‘istonga vizasiz kirish e’lon qilinganiga “javob chorasi” kutib qolishini aytdi.
“Qozog‘iston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib e’lon qildi. Biz javob chorasi bo‘lishini kutib qolamiz. Shuningdek, davlatlarimiz orasida ilk bor aviaaloqa ochilmoqda”, deb aytdi Nazarboyev Tramp bilan uchrashuvda.
Nazarboyev amerikalik hamkasbini iqtisodiy yutuqlarga erishgani bilan tabrikladi.
Nursulton Nazarboyev AQShga 16 yanvarda tashrif bilan keldi va u yerda 18 yanvargacha qoladi. Nazarboyev Tramp bilan uchrashuvdan tashqari, BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi va AQShning rasmiy hamda ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashadi.
Qozog‘iston 1 yanvardan BMT Xavfsizlik kengashida raislik qilishga kirishdi. Qozog‘iston ilk bor Xavfsizlik kengashi a’zosi bo‘ldi va ilk bor unda raislik qilmoqda. Shu munosabat bilan Nazarboyev 18 yanvarda Xavfsizlik kengashida ommaviy qirg‘in qurollari tarqatilmasligi mavzusiga bag‘ishlangan brifingda nutq so‘zlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi