06:56 / 19.01.2018
7 509

“Seni yanada ko’proq sevib qolyapman”: Barak Obama rafiqasini tug’ilgan kun bilan romantik tarzda tabrikladi

“Seni yanada ko’proq sevib qolyapman”: Barak Obama rafiqasini tug’ilgan kun bilan romantik tarzda tabrikladi
Kuni kecha AQSHning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama o’z tug’ilgan kunini nishonladi va turmush o’rtog’i hamda muxlislardan ko’plab guldastalar qabul qildi.

Barak Obama o’z ayolini tug’ilgan kun bilan o’ta romantik tarzda tabrikladi.

“ Sen shunchaki mening rafiqam va farzandlarimning onasi emas, eng yaxshi do’stim hamdirsan. Sendagi matonatni, rahmdillikni va qat’iyatni yaxshi ko’raman. Seni kunga kunga ko’proq sevib qolyapman. Tug’ilgan kuning bilan, Mishel” deb yozdi AQSHning 44 prezidenti Instagramdagi sahifasida.

Bu yil Mishel Obama o’zining 54 yoshini nishonladi.

Xabarda aytilishicha, Mishel Obama ham turmush o’rtog’iga tong chog’ida ofisiga jo’natilgan gullar uchun minnatdorchilik bildirgan va unga tarbiknoma jo’natgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda tabriklagan barcha insonlarga tashakkur izxor etgan.

Obamaning prezidentlik paytlarida Mishel xonim sog’lom turmush tarzi targ’iboti bilan shug’ullanib, prezident rezidentsiyasi bog’idan tomorqa ajratgan holda u yerda arzon va ekologik toza sabzavotlar yetishtirardi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Seni yanada ko’proq sevib qolyapman”: Barak Obama rafiqasini tug’ilgan kun bilan romantik tarzda tabrikladi