
G’arbiy Meksikaning Nayarit shtatida politsiya tomonidan 33 ta bosh suyagi topildi.
Xabarda aytilishicha, politsiya xodimlari ularni uchta nomsiz qabr ichidan topgan va ommaviy dafnning necha yil avval amalga oshirilgani hali aniqlanmagan.
Ayni paytda topilgan suyak qoldiqlari soni davom etayotgan qazishma ishlari natijasida yana ham ortishi mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib o’tamiz, Meksikada jinoiy qabrlar tez-tez topilib turadi. O’tgan yilning mart oyida Verakus shtatidagi qabrlarning biridan 47 ta bosh suyagi, 2016 yilda esa jinoiy hodisalar qurboniga aylagan 253 jasad topilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar