"Ideal" sigir oddiy sog‘in sigirdan farqli o‘laroq 4 barobar ko‘p sut beradi, deb yozdi Sputnik. uz nashri.
Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts "supersigir" yaratishlari uchun 40 million dollar pul sarflamoqda.
Ushbu buyurtma genetik tadqiqotlar va uy jonivorlari uchun vaksinalar yaratish bilan shug‘ullanuvchi GALVmed notijorat tashkilotiga berilgan.
"Supersigir" loyihasi ustida Shotlaniyadagi Edinburg universiteti mutaxassislari shug‘ullanishadi. Sigirlarning chidamliligi va ulardan olinadigan sut miqdorini oshirish uchun yirik shoxdor jonivorlarning afrika va yevropa zotlarini "birlashtirish" kerak bo‘ladi.
"Bu ishning samarasi juda yuqori. Hayotining davomiyligi hozirgi sigirlarnikidek bo‘lgan, ammo ulardan to‘rt barobar ko‘p sut beradigan sigirni vujudga keltirishimiz mumkin", — deb bayonot qilgan Geyt.
Eslatib o‘tamiz, Microsoft asoschisi bundan oldinroq sun’iy urug‘lantirish yo‘li orqali sigir yaratish taklifini kiritgan edi.
Milliarder Geyts tez-tez xayriya va ilmiy loyihalarga pul ajratib turadi. Forbes jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 92 milliard dollarga yetgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar