14:04 / 01.02.2018
5 292

Tramp prezidentligiga bir yil: u mamlakatda noqonuniy yashayotganlar va grin kard sohiblari haqida gapirdi (2-qism)

Tramp prezidentligiga bir yil: u mamlakatda noqonuniy yashayotganlar va grin kard sohiblari haqida gapirdi (2-qism)
Avvalroq, Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Donald Tramp kecha, 30 yanvar kuni prezidentligiga bir yil to‘lgani munosabati bilan hisobot majlisi o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Prezident Tramp ushbu majlisda “Amerika orzusi” dasturini amalga oshirish uchun qulay sharoit mavjudligini ta’kidlagan.

Tramp amerikalik har bir fuqaro qattiq mehnat qilsa, o‘ziga ishonsa, Amerikaga ishonsa, o‘zi orzu qilgan baxtga erisha olishi mumkinligini aytdi.

U Kongressga mamlakat taraqqiyoti uchun kerak bo‘lgan 1.5 trln dollarlik yangi infrastrukturali sarmoya haqidagi qonun loyihasini kiritganini ma’lum qildi.

Eng muhimi, Tramp Amerikadagi migrantlarning noqonuniy yashayotgan farzandlari haqida gapirdi va ularning kelajagiga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, agar ushbu migrantlar o‘z xulqi, harakatchanligi va tashabbuskorligi bilan na’muna ko‘rsata olsa, albatta, AQSH fuqaroligiga qabul qilinadi.

Shuningdek, majlisda grin karta sohiblarining faoliyati qanday bo‘lishi haqida so‘z ochildi. Ta’kidlanishicha, har qanday holatda ham grin kard asosida kelgan fuqarolarga Amerikada hamma sharoit bor. Agar grin karta sohiblari AQSH xavfsizligiga va jamiyatining salbiy shakllanishiga xazmat qilsa, u holda ushbu dasturni to‘xtatish haqida qarorni Kogressga taqdim qilinishi aytildi. Uningcha, migrantlar ishlash, jamiyatga o‘z hissasini qo‘shishi va albatta, bu mamlakatni hurmat qilishi lozim.

Majlis davomida prezident mamlakatdagi narkotik asosidagi yuz berayotgan o‘limlar haqida tanqidiy fikrlar bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp prezidentligiga bir yil: u mamlakatda noqonuniy yashayotganlar va grin kard sohiblari haqida gapirdi (2-qism)