18:30 / 03.02.2018
8 147

««Ollohu Akbar»ni sekinroq aytinglar!!!» yoxud germaniyaliklar nega shunday aziz so‘zlarni eshitishdan bezor bo‘ldi?

««Ollohu Akbar»ni sekinroq aytinglar!!!» yoxud germaniyaliklar nega shunday aziz so‘zlarni eshitishdan bezor bo‘ldi?
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerlarida yashovchi nemislar baravariga juma namoziga so‘fi azon aytishidan bezori bo‘lib sudga murojaat etishibdi. Ular «Ollohu Akbar» kabi musulmon ahli uchun ulug‘ so‘zlar ovoz kuchaytirgich orqali taralmasligini talab qilishmoqda. Emishki, nemislarning ko‘pchiligi uxlay olmayotganmish, xastalari bezovta bo‘layotganmish.

Vaholanki, shu yerda yashovchi turklarga 2014 yili azonni ovoz kuchaytirgich orqali aytishga rasman ruxsat berilgan. Ammo 2015 yili 69 yoshli Xans-Yoaxim Lemann ismli qariya sudga shikoyat arizasini taqdim etdi. Aynan shu kimsa musulmonlarga qarshi tuzilgan nemislardan iborat guruhga yetakchi hisoblanadi. Guruh a’zolari 2015 yildan beri tinimsiz machit ahli ustidan shikoyat qilib kelmoqda. Lemann sudga taqdim etgan arizada yozilishicha, u machitdan 900 metr narida yashaydi. Turklar esa xudodan Ollohni yuqori qo‘yib, «Ollohu Akbar»ni ovoz kuchaytirgich orqali barala aytayotganmish…

Bir jihatdan qariyaning bu so‘zlaridan u din ilmidan qanchalar bexabarligini anglab olish qiyin emas. Chunki u xudo va Ollohni boshqa-boshqa tushuncha deb hisoblarkan. Undaylarga xudo va Olloh birligini, Yaratganning 99 ta ismi mavjudligini tushuntirish albatta qiyin. Shuning uchun ham Shimoliy Reyn-Vestfaliya sudi ishni hanuz ortga surib kelmoqda. Faqat ovoz kuchaytirgichdan vaqtincha foydalanmay turish haqida hukm chiqargan xolos. Bu ham sud qariya va guruh a’zolarining arizalari bo‘yicha boshlangan ishni yakunlagunga qadar davom etadi. Lemann esa yaqinda xotinini yoniga olib boshqa shaharga ko‘chib o‘tgan. Biroq shikoyat qilishni to‘xtatgani yo‘q.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » ««Ollohu Akbar»ni sekinroq aytinglar!!!» yoxud germaniyaliklar nega shunday aziz so‘zlarni eshitishdan bezor bo‘ldi?