
Amerikaning Texas shtatida yashovchi fuqaroga uch nafar farzandi ko‘z o‘ngida rafiqasini o‘ldirish aybi e’lon qilindi, deb xabar berdi Darakchi.uz.
Mahalliy politsiyaning rasmiy vakili Jodi Silvaning so‘zlariga qaraganda, Daniel Martines va uning qonuniy rafiqasi Klaudiya Arriaga qattiq tortishib qolgan va janjal ko‘tarilgan. Erkak jahl ustida farzandlarining ko‘z o‘ngida to‘pponchasini chiqarib, rafiqasini otib tashlagan.
Ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Mojaroga nima sabab bo‘lganligi va ularning farzandlari necha yoshda ekanligiga aniqlik kiritilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing