Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti(YeXHT)ning ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir RFda Aleksey Navalniyga tegishli bo‘lgan, hamda Oleg Derepaska haqida ma’lumot e’lon qilingan sayt blokirovka qilinganidan xavotirda ekanligini bildirdi. Bu haqdagi ma’lumot payshanba kuni «Tvitter»da e’lon qilindi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.
«Rossiyada tergov haqida hisobot e’lon qilgani bois navalny.com sayti Roskomnadzor tomonidan blokirovka qilinganini xavotir bilan kuzatib turibmiz. Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish jamoatchilik qiziqishlariga sabab bo‘ladigan masalalarni yoritishda to‘siq bo‘lishi yoki veb-sayt to‘la blokirovka qilinishini oqlashga asos bo‘lishi kerak emas», — deya yozdi Dezir.
Bundan avval Roskomnadzor aloqa operatorlariga Aleksey Navalniy sayti sahifalariga kirishni bloklashtirish borasida majburiyat yuklangan edi. Bu saytda Oleg Deripaskaning shaxsiy hayotiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilingan edi. Roskomnadzor shuningdek Google kompaniyasidan sud qarorida ko‘rsatilganidek YouTube dagi materiallarni olib tashlanishini kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...