
Parijning Eson departamenti Etamp kommunasi meri o‘rinbosari Mama Si “Facebook”dagi sahifasida shu tashabbus bilan chiqqan, deb yozadi Xabar nashri.
“O‘tgan yili deyarli 500 nafar uysiz ko‘chada olamdan o‘tgan... 2018 yili esa birgina Parijning o‘zida bir yarim oyda 13 nafar uysiz dunyodan ko‘z yumdi. Chorshanba, 28 fevral kechasi ellik nafar xalq saylagan vakillar Austirlis vokzali yonida tunni o‘tkazadi”, — deb yozgan Si.

Ko‘ngillilar Parijda o‘tkazilgan “Birdamlik oqshomi” qatnashmoqda. 2018 yil 15 fevral.
Foto: AFP
Fevral oyi o‘rtalarida Parijda “Birdamlik oqshomi” o‘tkazilib, uysizlar sanab chiqilgandi. Aksiya tashkilotchilarining ma’lumot berishicha, Parij ko‘chalarida besh mingdan ortiq uysiz bor va ularning bir qismiga qishlash uchun boshpana ajratilgan. Shunga qaramasdan, qariyb uch ming kishining hatto vaqtinchalik ham boshpanasi yo‘q.
Seshanba, 27 fevral Fransiya uchun butun qish davomidagi eng sovuq kun bo‘ldi. Mahalliy OAV “Moskva — Parij fenomeni” deb nomlagan antitsiklon o‘tgan hafta oxiridan beri havoni sovutmoqda. Ko‘p hududlarda havo harorati noodatiy ravishda nol darajadan pasayib ketdi. Oxirgi bir necha kun davomida kamida uch inson sovuqdan nobud bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar