Matematiklar uchun eng nufuzli mukofotlardan biri – Abel mukofotini bu yil kanadalik matematik Robert Lenglends qo‘lga kiritdi. Xalqaro matematika ittifoqi va Yevropa matematika uyushmasining qarori haqida Norvegiya fanlar va adabiyot akademiyasi prezidenti Ole Seyersted ma’lum qilindi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Lenglends mukofotni «sonlar nazariyasi bilan farazlar nazariyasini bog‘lovchi ziyrak dastur» uchun qo‘lga kiritdi. Olimning dasturi, mukofot saytida ta’kidlanishicha, «avval bog‘lanmagan deb hisoblangan sonlar nazariyasi hamda garmonik tahlil o‘rtasida chuqur bog‘liqlikni taklif etdi».
Lenglends Nyu-Vestminsterda 1936 yilda tug‘ilgan. Britaniya Kolumbiyasi universitetini 1957 yilda tamomlagan, 1958 yilda ushbu universitetda magistr maqomini olgan. Doktorlik dissertatsiyasini Yel universitetida 1960 yilda himoya qilgan. Lenglends ayni damda Nyu-Jersi shtatidagi Prinston istiqbolli tadqiqotlar instituti professori sanaladi.
Mukofotni topshirish marosimi Osloda 2018 yilning 22 may kuni bo‘lib o‘tadi. Mukofot miqdori 715 ming dollarga teng.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?