
Foto: «mir24.tv»
Germaniyada 25 mart kuni Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon hisbga olindi. Siyosatchini ushbu mamlakat chegarasida ushlashdi. Bu haqda «mir24.tv» xabariga tayanib Xabar nashri ma’lum qildi.
Bundan biroz avval Finlandiya huquqni muhofaza qilish organlari Ispaniyadan Puchdemonni topshirish haqida so‘rov olgan edi. Ammo fin politsiyasi uni ushlashga ulgurmadi: siyosatchi Belgiyaga o‘tib ketdi.
Ispaniya oliy sudi Kataloniyaning sobiq rahbarini qo‘lga olish bo‘yicha order bergan edi. Unga davlat to‘ntarishi va norozilikni yuzaga keltirishni tashkil etish aybi qo‘yilgan. Puchdemonga qo‘yilgan bu ayblovlar isbotlansa, u 25 yilga ozodlikdan mahrum bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar