
Ukrainalik deputat, sobiq snayper Nadejda Savchenkoning singlisi Vera Amerika prezidenti Donald Trampdan Nadyani qamoqdan chiqarib olishni, Ukrainada inson huquqlari masalasini o‘z nazoratiga olishni so‘ramoqda. Uning aytishicha, ayni paytda Ukrainani qip-qizil jinoyatchilar, korrupsiyachi va o‘g‘rilar boshqarmoqda. Nadejda ham xuddi o‘shalarning g‘azabiga uchradi. Uni adolatsizlarcha qamashdi.
— Qamoqda o‘tirib ochlik e’lon qilgach, — dedi Vera. — Opamning salomatligi yomonlashgan. Lekin hech kim bunga e’tibor qilayotgani yo‘q. Opam adolatsizlik qurboniga aylanmoqda. Iltimos, opamni turmadan chiqarib oling!..
Eslatib o‘tamiz, Nadejda Savchenko shu yil mart oyida Ukraina Oliy Radasida terror harakati sodir etishga hozirlik ko‘rganlikda gumon qilinib qamoqqa olingan. Ammo Savchenko aybini bo‘yniga olmadi. Buni siyosiy buyurtma deya baholadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar