13:25 / 10.04.2018
5 227

Filippinda odamdan ham katta bo‘lgan kalmar tutildi (foto, video)

Filippinda odamdan ham katta bo‘lgan kalmar tutildi (foto, video)
Filippinlik baliqchilar uzunligi taxminan 2,5 metr bo‘lgan juda yirik kalmarni tutishdi, deb xabar qilmoqda Kun nashri.

Mollyusk Tavi-Tavi viloyatidagi orollardan biri yaqinida tutildi. Mahalliy baliqchilarning ma’lum qilishicha, ular avval bunday yirik kalmarlarni hech qachon ko‘rishmagan. Oroldagilarning fikricha, kelajakda mahalliy aholi vakillari mollyuskning bahaybat "qarindoshlarini" tutishning uddasidan chiqishadi.

Foto: Kevin Guevara
"Bu sog‘lom va yosh kalmar, go‘shti juda shirin bo‘ladi", - deya qayd etib o‘tgan baliqchilardan biri.

Foto: Kevin Guevara
O‘lja mahalliy aholi e’tiborini o‘ziga tortdi, ular kalmarni videoga olishgan. Rolikdan ko‘rish mumkinki, mollyusk atrofida o‘ljani tomosha qilayotgan va suratga olayotgan odamlar juda ko‘p.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filippinda odamdan ham katta bo‘lgan kalmar tutildi (foto, video)