17:01 / 10.04.2018
3 806

Kemerovoning sobiq gubernatori yangi lavozimni egalladi

Kemerovoning sobiq gubernatori yangi lavozimni egalladi
Kemerovo oblasti xalq deputatlari kengashi bir ovozdan sobiq gubernator Aman Tuleyevni Kuzbass parlamenti raisi etib saylashdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qiladi.

«Yashirin ovoz berishda byulletenda Aman Tuleyev nomzodi bor edi. Haqiqiy byulletenlar soni 39ta chiqdi, shundan 38tasida nomzod yoqlangan, bir kishi qarshi bo‘lgan. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, oblast kengashiga Tuleyev Aman Gumirovich rais etib saylangan», deyilgan xabarda.

Deputatlar qarshisidagi chiqishida Tuleyev hududga rahbarlik qilgan vaqtida «bir kechani ham xotirjamlikda o‘tkazmagani», barcha kuchini ishga bag‘ishlagani, xudo oldida vijdoni toza ekanini qayd etib o‘tgan.

Tuleyev Kemerovo oblastini 20 yildan ortiqroq muddat boshqardi, u o‘tgan oy oxirida Kemerovo shahridagi «Zimnyaya vishnya» savdo markazida ro‘y bergan, 64 kishi o‘limi bilan yakunlangan yong‘indan keyin iste’foga chiqdi.

U iste’foga chiqqach, hududiy parlamentda bo‘sh mandatni egalladi. 2016 yil oktyabridan buyon parlamentga raislik qilgan Aleksey Sinitsin deputatlar Tuleyevga ovoz bera olishi uchun vakolatlarini topshirdi. Parlamentariylar Sinitsinning bayonotini qo‘llab-quvvatlashdi va bu lavozimga sobiq gubernator nomzodi ilgari surildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kemerovoning sobiq gubernatori yangi lavozimni egalladi