
Otishmani suratga olayotgan “Politsiyachilar” realiti-shousining xodimi o‘q tegib hayotdan ko‘z yumdi, deb ta’kidlamoqda Darakchi nashri.
Nebraska shtatidagi qahvaxonalardan birida politsiyachilar va qurollangan bosqinchi o‘rtasida bo‘layotgan otishmani suratga olishda qatnashayotgan “Politsiyachilar” realiti-shousining xodimi Brays Dion, garchi egnida bronejilet bo‘lishiga qaramay, qo‘li ostidagi ochiq joyga o‘q tegib hayotdan ko‘z yumgan edi. Dionning akasi ushbu holat yuzasidan sudga da’vo xati beradi.
Shundan so‘ng sud ushbu otishma aks ettirilgan kadrlarni ilk bor e’lon qiladi.
Bosqinchi Kortez Vashington ham o‘sha to‘qnashuvda halok bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘shanda bosqinchining qo‘lida o‘qotar emas, pnevmatik qurol bo‘lgan ekan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar