00:28 / 17.05.2018
4 678

O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari sherikligining yangi davri boshlanmoqda (foto)

O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari sherikligining yangi davri boshlanmoqda (foto)
Foto: «President.uz»
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Donald Tramp muzokaralarni ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Vazirlik va kompaniyalar, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, yuqori texnologiyalar, savdo-sanoat, yoqilg‘i-energetika, transport va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: «President.uz»
Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama hamkorlikning shu kabi jihatlarini tahlil qilib, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni, o‘zaro manfaatli va istiqbolli tarmoqlarni ko‘rsatib o‘tdi.

O‘zbekistonda xorijiy valyutalar konvertatsiyasi ochilgani, yangi va zamonaviy investitsion muhit yaratilgani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar davlat tomonidan kafolatlanishi ta’kidlandi. Mamlakatda yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirish uchun AQShning yirik kompaniyalari sarmoya va texnologiyalarini jalb qilishga kelishib olindi.

Foto: «President.uz»
Muzokaralar so‘ngida Prezident Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevni kuzatib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari sherikligining yangi davri boshlanmoqda (foto)