Bu gal qo‘liga vintovka olgan qotil Texas shtatiga qarashli Santa-Fe shahridagi maktabga kirib borib, o‘quvchilarni o‘qqa tutgan. Oqibatda 10 nafar o‘quvchi va bir nafar o‘qituvchi halok bo‘ldi. O‘n kishi turli darajada jarohatlar oldi. Shu haqda Texas gubernatori Gregg Ebbott rasman ma’lum qildi.
— Biz qandaydir yo‘lini topib bu boshboshdoqliklarga barham berishimiz kerak, — dedi gubernator jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. — O‘quvchilar qo‘liga qurol olmasligini ta’minlamasak bo‘lmaydi…
Fojia munosabati bilan shtat bo‘yicha barcha davlat tashkilotlari, o‘quv muassasalaridagi bayroqlar tushirildi. Shtatda besh kunlik motam e’lon qilindi.
Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov jarayonida ma’lum bo‘ldiki, o‘quvchi va o‘qituvchilarni o‘qqa tutgan kimsa shu maktabning o‘quvchilaridan biri, 17 yoshli Dimitrios Pagurtis ekan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi