Facebook ijtimoiy tarmog‘ining Britishtan sahifasida muqaddas Ramazon oyiga bag‘ishlangan musiqiy videorolik taqdim etildi. Unda AQSh prezidenti Donald Tramp, KXDR yetakchisi Kim Chen In kabi dunyo mamlakatlari rahbarlari siymosi aks ettirilganini ko‘rish mumkin.
This powerful Ramadan commercial, featuring world leaders including Donald Trump, carries an important message and is going VIRAL!!! See why for yourself...This powerful Ramadan commercial, featuring world leaders including Donald Trump, carries an important message and is going VIRAL!!! See why for yourself...
Опубликовано Britishtan 17 мая 2018 г.
Rolikda bolakay Donald Trampga murojaat qilib, uni Ramazon bilan qutlaydi va uni iftorlikka "Falastin poytaxti Al-Quds"ga taklif qiladi.
"Janob prezident, Ramazon muborak! Agar xarobadagi uyimni topa olsangiz, sizni men bilan iftorlik qilishga taklif qilaman", - deydi u.
Shuningdek qo‘shiqda bir samoda ham azon yangrashi, ham cherkov qo‘ng‘iroqlari jaranglashi, Alloh barcha uchun birligi madh etiladi.
"Orzularni kemirayotgan qayiqlardagi o‘limlar, jurnallarda aks etayotgan bolalar suratlari... Janob, prezident, bularning bari menga uyqu bermayapti. Har kuni ko‘zlarimni yumar ekanman, bombalar tovushini eshitaman, mening yotoqxonam tutunlar va otash qa’rida qolmoqda", deyiladi qo‘shiqda.
Unda shuningdek qochqinlar imon-e’tiqodi sabab ayblanayotgani, kamsitilayotgani, qatl qilinishga mahkum qilinayotgani kuylanadi.
Qo‘shiq "Janob prezident, iftorligimiz Allohning kalomida yozilganidek Falastin poytaxti - Al-Qudsda bo‘ladi. Omin", - degan so‘zlar bilan tugaydi va ekranda bolalarimiz va xalqlarimizni Alloh o‘z panohida asrashi so‘ralgan yozuv aks etadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)