15:53 / 25.05.2018
4 709

Turkmanistonda hojatxonada Gurbanguli Berdimuhamedov surati bosilgan gazetadan foydalanganlar qidirilmoqda

Turkmanistonda hojatxonada Gurbanguli Berdimuhamedov surati bosilgan gazetadan foydalanganlar qidirilmoqda
Turkmanistonning Gumdag shaharchasida uchastka nozirlari prezident Gurbanguli Berdimuhammedovning surati bo‘lgan mahalliy gazetalardan hojatxona qog‘ozi sifatida foydalanganlarni qidira boshladi, deya xabar qildi turkman OAVlari.

Uchastka nozirlari xususiy hovlilarga kirib «qonunbuzarlar»ni topish maqsadida hojatxonalarni tekshirib chiqishmoqda, agar shu kabi holat aniqlangudek bo‘lsa, avvaliga ularga ogohlantirish beriladi.

Shuningdek, uchastka inspektorlari prezidentning ifloslangan suratini turar-joy mavzelaridagi chiqindixonalardan ham qidirishmoqda. Har bir chiqindixona uchun bittadan shaxsiy nazoratchi biriktirilgan, ular chiqindilarni birma-bir tekshirib gazetalardagi ifloslangan suratni topishlari, bu chiqindi chiqqan uyni va xonadonni aniqlashlari va aniqlaganlaridan so‘ng bu haqda tegishli idoralarga ma’lumot berishlari kerak bo‘ladi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhammedovning suratlari Turkmanistondagi barcha bosma nashrlarning katta qismini egallaydi.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda hojatxonada Gurbanguli Berdimuhamedov surati bosilgan gazetadan foydalanganlar qidirilmoqda