AQShda o‘qituvchi ayol o‘z o‘quvchilariga 1 mln dollarni vasiyat qilib qoldirdi

1 daqiqa o'qish3.8K
AQShda o‘qituvchi ayol o‘z o‘quvchilariga 1 mln dollarni vasiyat qilib qoldirdi
AQShning Nyu-Jersi shtatidagi imkoniyati cheklangan bolalar maktabida ko‘p yillar davomida ishlagan o‘qituvchi ayol Jenevyeva Via Kava o‘z umri davomida kattagina boylik jamg‘argani, 2011 yilda vafot etgach, qariyb 1 million dollarlik jamg‘armasini imkoniyati cheklangan o‘quvchilariga vasiyat qilib qoldirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

Vasiyatnoma shartlariga ko‘ra, 2019—2020 o‘quv yilidan boshlab, o‘qishni kollejda davom ettirish istagidagi bir nafar imkoniyati cheklangan o‘quvchi 25 ming dollargacha miqdorda stipendiyani qo‘lga kiritadi.

Mablag‘ maxsus jamg‘armada saqlanib, bunday stipendiyalarni ko‘p yillar davomida berib borish uchun yetadi.

Via Kavaning o‘z farzandlari bo‘lmagan, u hayotining katta qismini o‘zi ishlaydigan maktabga va imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga bag‘ishlagan. U o‘z o‘quvchilariga ularning maktab davrida ham, maktabni bitirgandan keyingi hayotida ham doim ko‘mak berib, qo‘llab-quvvatlab kelgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?