Foto: «pixabay.com»
Mutaxassislar Yevropada demografik muvozanat buzilayotganidan tashvishda. Yevropaning sharq va janubida aholi soni qisqarib borayapti, g‘arbida esa buning teskarisi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.
1990 yildan beri Yevropaning g‘arb va sharqidagi davlatlar aholisining o‘sishi bir-biriga qarama-qarshi tarzda kechayotgan ekan.
Avstriya fanlar akademiyasi tadqiqot istituti hamda «Vitgenshteyn» Vena markazi tadqiqotchilari bu borada tadqiqot olib borishgani haqida kuni kecha akademiya saytida xabar berildi.
Yevropa g‘arbida aholining soni o‘sayotgani kuzatilsa, sharq va janubida buning teskarisi: aholi soni qisqarayapti.
Tadqiqotchilarnin fikricha, aholining bunday demografiyasi 2 ta omil: 1) aholining haqiqiy dinamikasi, ya’ni tug‘ilish va o‘limga; 2) migratsiyaga bog‘liq ekan.
Sharqiy va Janubiy Yevropa davlatlarida 1990 – 2017-yillar mobaynida tug‘ilish kamayib, aholi qarib borayapti. Yevropa g‘arbida esa buning ziddi.
Aholisi ko‘payayotgan davlatlar ro‘yxatida Irlandiya (36 foiz) yetakchilik qilmoqda. Germaniya esa (4 foiz) bu reytingda eng oxirgi o‘rinni egallab turibdi.
Aholi soni qisqarayotgan davlatlar – Latviya (-27 foiz), Litva (-23 foiz) hamda Bosniya va Gersegovina (-22 foiz).
Ukrainadan 13 foiz aholi chiqib ketgan. O‘limning tug‘ilishdan ko‘pligi tufayli Ukraina aholisi soni 10 foizga, Belarusniki 7 foizga qisqardi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra bu ikkala mamlakat aholisi soni o‘sishi umuman kuzatilmayapti.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi