Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Vashington oldida “taslim bo‘lib”, yadroviy kelishuvni qayta ko‘rib chiqish masalasida yon bosishdan bosh tortdi.
“Biz tarixiy milliy buyukligimizni saqlab qolamiz va bu irodali kurashimizda AQSHni tiz cho‘ktiramiz”, deb aytgan Ruhoniy.
Eron prezidenti Tehronga bunga erishishda Donald Tramp yordam berishini, chunki uning siyosati butun dunyoni AQSHga qarshi qilayotganini aytgan.
“Tramp qilayotgan ishlarni hisobga olib, dunyo bundan esankirab, barcha bir-biri bilan birlashayotganini kuzatmoqdamiz. Fikrimcha, Tramp qolgan dunyoni birlashtirib, o‘zini esa yakkalab, ancha yaxshi ish qilmoqda”, deb aytgan Ruhoniy.
Ruhoniy o‘z nutqida iqtisodiy masalalarga ham to‘xtalgan. U ishsizlik bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratib, hukumat ichki bozordagi vaziyatni tartibga solish uchun ko‘proq sa’y-harakatlarni amalga oshirishi kerakligini aytgan.
“Biz butun dunyoga buyukligimiz, erkimiz, mustaqilligimiz, demokratiyamiz, respublika tuzumimiz, dinimiz va madaniyatimizga sodiq holda muammo va qiyinchiliklarni yengib o‘ta olishimizni ko‘rsatishimiz lozim”, deb aytgan Eron yetakchisi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi