19:43 / 28.07.2018
9 868

AQSh suratga olgan film: Amerikalik harbiylar Rossiya prezidentini nimadan qutqaradi? (video)

AQSh suratga olgan film: Amerikalik harbiylar Rossiya prezidentini nimadan qutqaradi? (video)
Lionsgate Movies kompaniyasining Youtube’dagi kanalida «Ovchi-qotil» filmining treyleri e’lon qilindi. Filmda AQSh suv osti kemasi ekipaji Rossiya prezidentini qutqaradi va Uchinchi jahon urushi boshlanishining oldini oladi, deb yozmoqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo nashri.

Film Shimoliy muz okeanidagi AQSh suvosti kemasining ekipaji haqida hikoya qiladi. Topshiriqni bajarish jarayonida ular Rossiyada mudofaa vaziri tomonidan davlat to‘ntarishi tayyorlanayotganidan xabar topadi. Bu xalqaro makondagi tartibni butunlay buzishi va jahon urushiga olib kelishi mumkin edi. Buning oldini olish maqsadida kema ekipaji maxsus operatsiya o‘tkazib, Rossiya prezidentini qutqarishga qaror qiladi.

Filmda bosh rollarni Jerard Batler va Gari Oldman ijro etgan. Rossiya prezidenti rolida esa rus aktyori Aleksandr Dyachenko chiqqan. Film rejissyori – Donovan Marsh. Film 2018 yil oktyabrida katta ekranlarga chiqadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh suratga olgan film: Amerikalik harbiylar Rossiya prezidentini nimadan qutqaradi? (video)