date
views 3 564

Shvarsenegger tankida limuzinni majag‘lab tashladi (video)

Shvarsenegger tankida limuzinni majag‘lab tashladi (video)
Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger tankda limuzin ustidan yurib o‘tib, uni majag‘lab tashladi. Make It dasturi uchun olingan ushbu lavhalar CNBC telekanalining YouTube-kanalida joylashtirilgan.

Videoda Shvarsenegger va ko‘rsatuv boshlovchisi Jey Leno aktyorga tegishli, 50 tonnalik M47 Patton II tankiga o‘tirib, 9 metrlik Lincoln TownCar limuzini ustidan o‘tib ketishgan.

Shvarsenegger bundan oldin boshlovchidan “Nimani yanchib tashlashni istarding?” deb so‘raganda, Leno unga “Nima topsak, barchasini”, deb javob qilgan.

M47 Patton II tanki M46 tankining modernizatsiyalashgan varianti bo‘lib, Koreya urushi vaqtida loyihalana boshlangan. Bu tanklar AQSh, Avstriya, Belgiya va yana boshqa bir qator davlatlar qurollanishida bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvarsenegger tankida limuzinni majag‘lab tashladi (video)