
Bolgariyaning Balkan.Auction internet-auksionlari saytida 1992 yilgi o‘zbek so‘mlari sotuvga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, tarmoq foydalanuvchisi 1992 yilda muomalada bo‘lgan 5 so‘mlik nominaldagi o‘zbek valyutasini 2 bolgar leviga (9200 so‘m atrofida) taklif qilmoqda.
Qiziq tomoni, kimoshdi savdosida ayni damda o‘zbekistonliklar uchun muomalada bo‘lib turgan 500 so‘mlik kupyurani ham sotishga qaror qilishgan. 500 so‘mlik 3 levga (13 000 so‘mdan ortiq) sotuvga qo‘yilgan.
1 so‘mlik (1992 y.) 2, 80 levga (12 800 so‘mga) taklif qilinmoqda.
Taklif 8 avgust kuni saytga joylangan. Kimoshdi savdosi 15 avgustgacha davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar