
Amerikalik basketbolchi Bull Bullard uchib ketayotgan samolyotdan to‘p otish bilan bog‘liq tryukni amalga oshirdi. Sportchi Instagram’dagi sahifasida tegishli videoni joylashtirgan.
Basketbol halqasi uchish-qo‘nish yo‘lagiga o‘rnatilgan. Bullard tepadan uchib ketayotgan samolyot kabinasida bo‘lgan holda to‘pni halqaga aniq joyladi.
Amerikalik «Xarlem Gloubtrotters» - o‘z chiqishlarida sport va shouni uyg‘unlashtiruvchi ko‘rgazmali jamoa tarkibiga kiradi. Shuningdek, Bullard «Amerikalik jangchi nindzya» teleshousida ham ishtirok etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing