Iroq va Eron oʻzaro hisob-kitoblarda AQSH dollaridan voz kechdi

Iroq va Eron oʻzaro hisob-kitoblarda AQSH dollaridan voz kechdi
Bagʻdod va Tehron oʻzaro hisob-kitoblarda qoʻllovchi valyutalar qatoridan AQSH dollarini chiqardi. Bu haqda Eron-Iroq savdo palatasi raisi Yahyo al-Isʼhoqga iqtibos keltirgan holda Mehr axborot agentligi maʼlum qildi.

“AQSH dollari Eron va Iroq oʻrtasida hisob-kitoblarda qoʻllanuvchi valyutalar qatoridan chiqarildi. Ular moliyaviy hisob-kitoblarda Eron riali, yevro yoki Iroq dinoridan foydalanadi”, deb aytgan amaldor.

Savdo operatsiyalari shakllaridan yana biri barter, ikki davlat kompaniyalari mahsulotlarini oʻzaro ayirboshlash boʻladi, deb qoʻshimcha qilgan al-Isʼhoq.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar