Hindistonning Gujarot shtatida dunyodagi eng baland boʻladigan haykal qurilishi yakunlanmoqda. Uning balandligi 182 metrni tashkil qilib, Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykalidan 2 marta balandroq boʻladi. Narmada daryosidagi orolda qurilayotgan bu haykal balandligi postamenti bilan 240 metrga yetadi.
Ushbu ulkan haykalda Sardor Patel – Hindiston mustaqilligi kurashchisi, mamlakat konstitutsiyasi hammuallifi siymosi aks ettirilgan.
Dastlab Vallabhay Patel boʻlgan, keyinchalik Sardor nomini hamda “Hindistonning temir odami” va “hind Bismarki” laqablarini olgan bu inson hind milliy-ozodlik harakati qatnashchilari uchun haqiqiy qahramon hisoblanadi. Hindiston 1947 yilda Britaniya Imperiyasidan mustaqil boʻlgan. Maxatma Gandining sodiq izdoshi boʻlgan Patel ichki ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimini olgan. U mamlakat koʻplab mayda davlatlarga boʻlinib ketmasligi va yaxlit boʻlib qolishi uchun koʻp saʼy-harakatlar amalga oshirgan. Oʻsha vaqtda knyazliklar Hind ittifoqi hududining 48 foizini egallagan. Hammasi boʻlib ularning soni 500dan koʻproq boʻlgan va ularni bir butun qilib ushlab qolish murakkab ish boʻlgan. Biroq Patel Hindistonni qilich va qon bilan emas, balki tinch yoʻl bilan birdamlikka olib kelgan.
Patel 1950 yilda Bombeyda vafot etgan. 2013 yil noyabrida uning sharafiga koʻtarilayotgan “Birdamlik haykali” poydevoriga birinchi tosh qoʻyilgan. Haykal 2018 yil 31 oktyabrda tantanali tarzda ochiladi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu haykal Hindiston hukumatiga 430 mln dollarga tushgan. Hindiston bosh vaziri Narendra Modining tashabbusi bilan barpo etilayotgan ushbu haykal qurilishi bir necha marotaba tanqid qilingan. Haykal asosida muzey va koʻrgazmalar zali, 153 metr balandlikda esa tomosha maydonchasi boʻladi. Haykalga 3,5 kmlik masofani qayiqda suzib, yetib kelish mumkin.
Ayni vaqtda dunyodagi eng baland haykal Myanmadagi Shakyamuna Buddasi haykali hisoblanadi. Uning balandligi postamenti bilan 129,24 metrni, usiz 115,82 metrni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?