Rossiyaga qarashli Il-20 samolyoti Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Maʼlumotlarga koʻra, Il-20 Suriya kuchlariga qarashli S-200 kompleksi raketasi yordamida urib tushirilgan.
“Aks ettiruvchi effektiv yuza F-16ʻdan koʻproq boʻlgan Il-20 S-200 kompleksi raketasi bilan urib tushirilgan”, - deya aytib oʻtdi Mudofaa vazirligi vakili.
Qayd etilishicha, bunga Isroilning F-16 qiruvchilari Rossiya samolyoti orqali oʻz xatti-harakatlarini berkitishga uringani sabab boʻlgan.
Il-20 samolyotida 15 nafar rossiyalik harbiy boʻlgan.
Avvalroq, Suriyadagi Hmeymim aviabazasi 17 sentyabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yoʻqotgani xabar qilingandi.
Maʼlum qilinishicha, 17 sentyabr kechki vaqt Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Lataqiya shahriga raketa hujumini qaytargan. Suriyalik harbiy manbaning taʼkidlashicha, hujum dengizdan amalga oshirilgan, bir necha raketa moʻljalgacha urib tushirilgan.
Keyinroq CNN telekanali Rossiyaning Il-20 samolyoti bortida 14 nafar harbiy xizmatchi bilan Suriya havo mudofaasi kuchlari tomonidan urib tushirilgan boʻlishi mumkinligini maʼlum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
Dollar kursi yana «sakradi»