Yerevan shahriga komik aktyor hokim bo‘ldi

Yerevan shahriga komik aktyor hokim bo‘ldi
Foto: «Verelq»
Komik aktyor Ayk Marutyan Armaniston poytaxti — Yerevan shahrining yangi meri etib saylandi. «Life» xabariga ko‘ra, 13 oktyabr kuni inauguratsiya marosimi o‘tkazilib, Marutyan qasamyod qabul qilgan.

«Mening qadamim» saylovoldi kampaniyasi bloki tarkibiga kiruvchi Pashinyan boshchiligidagi «Fuqarolik kelishuvi» partiyasi Yerevan oqsoqollar kengashiga saylovlarda 81,06 foiz ovoz to‘plab g‘olib bo‘ldi. Bu partiya ro‘yxatini boshqarib kelgan aktyor Marutyan avtomatik tarzda poytaxt meriga aylandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar