3 589
Taniqli yakkakurash jangchisi Kokorin va Mamayevga qamoqda o‘zini tutish bo‘yicha maslahatlar berdi
Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi, Fyodor Yemelyanenkoning ukasi Aleksandr Yemelyanenko Sport24 nashriga bergan intervyusida Moskva markazida ikkita mushtlashuvni sodir etgani uchun hibsga olingan futbolchilar Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayevga tergov izolyatorida o‘zini tutish bo‘yicha bir nechta maslahat berdi.
O‘zi ham bir vaqtlar qamoqda o‘tirgan Yemelyanenko futbolchilarga avvalgi xatolarni qaytarmaslik, tuzalish va ko‘proq kitob o‘qishni tavsiya qilgan. Bundan tashqari, u qo‘l ostida narsalardan futbol to‘pi tayyorlash yo‘li bilan bo‘lishgan.
“Agar to‘p kerak bo‘lsa, ular uni nonni yopishtirib, paypoqlardan to‘qilgan g‘ilof ichiga solib tayyorlashlari, sayrga chiqqanda esa u bilan mashq qilishlari mumkin. Biri darvozada turadi, boshqasi zarba berishni mashq qiladi”, deb aytgan yakkakurashchi.
Aleksandr Kokorin, uning ukasi Kirill va Pavel Mamayev uch kishini urgani uchun 8 dekabrgacha hibsga olingan. Hozirda ular “Butirka” tergov izolyatorida saqlanmoqdalar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?