
Janubiy Koreya parlamenti deputati Yun San Xenning aytishicha, 2017 yilda Shimoliy Koreya sanksiyalarga qaramay 640 million dollarlik hashamatli buyumlar sotib olgan. Bu haqda Reuters'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Xenning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xaridlarga Xitoydan import umumiy hajmining 17,8 foizi to‘g‘ri keladi. U 3,7 mlrd dollarni tashkil qiladi.
«Kim Chen In Xitoy va boshqa mamlakatlarda gidrosamolyot, qimmatbaho musiqa asboblari, eng so‘nggi televizor tizimlari, avtomobillar, spirtli ichimliklar, soatlar, mo‘ynali mahsulotlarni sotib olgan», - deya ta’kidlab o‘tdi Xen.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu xaridlarning aksariyati KXDR elitasi uchun sovg‘alar hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar