Qirgʻizistoninng sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga davlat tomonidan ajratilgan tansoqchilar soni qisqartirildi. Buni Qirgʻiziston sotsial-demokratik partiyasi vakili Kunduz Joldubayeva tasdiqlagan.
Joldubayevaning aytishicha, u sobiq prezidentga qonun boʻyicha davlat hisobidan qancha tansoqchilar ajratilishi zarurligi haqida maʼlum qilolmaydi.
“Avval ular koʻproq boʻlgan, bugun esa ularning soni ancha qisqarganini koʻrdim”, deb aytgan Joldubayeva va bu nima bilan bogʻlanganini bilmasligini qoʻshimcha qilgan.
Taʼkidlanishicha, siyosiy partiya vakillari ham, Atamboyevning oʻzi ham Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasiga buning izohini soʻrab murojaat qilmoqchi emas.
24.kg nashri maʼlumotlariga koʻra, Atamboyev 6 nafar tansoqchisidan mahrum etilgan.
Xodimlari sobiq prezidentlarning qoʻriqlovini taʼminlovchi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Atamboyev bilan Qirgʻizistonning yana bir sobiq prezidenti Roza Otunbayevada qoʻriqchilar soni bir xilda ekanligini maʼlum qilgan.
Taʼkidlanishicha, Atamboyevning III Butunjahon koʻchmanchi oʻyinlari arafasida umumiy asoslarda tansoqchilari soni kamaytirilgan. Maʼlum qilinishicha, tansoqchilar boshqa qisqartirilmagan. Mamlakatning sobiq prezidentlarida bir xil sonda tansoqchilar bor. Biroq sobiq prezidentlar manfaati yoʻlida tansoqchilarning aniq soni oshkor qilinmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi