
“Lester” klubi egasi Vichay Shrivaddxanaprabxa o‘ziga tegishli vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘ldi. Voqea Angliya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Lester Siti” – “Vest Xem Yunayted” uchrashuvidan keyin yuz bergan.

Foto: LIAM HOPKIN

Foto: Getty Images
Ingliz OAVga ko‘ra, vertolyot 200 fut (60 metr) balandlikka ko‘tarilib, dum qismidagi muammo sababli yona boshlagan. So‘ngra “King Pauer Stedium” stadioni oldidagi avtoturargohga qulagan.
Helicopter belonging to Leicester City owner Vichai Srivaddhanaprabha has crashed outside King Power Stadium.
— Football Away Days (@AwayDayFooty) October 27, 2018
Our thoughts are with everyone at this stage and we hope no one is seriously hurt ???? pic.twitter.com/cmZr8JFYlZ
BBC ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyotning dum qismidagi parragi ishlamay qolgan, oqibatda vertolyot o‘z o‘qi atrofida aylana boshlab, yerga qulagan.
Hozircha tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyotda Shrivaddxanaprabxa va “Lester” sport direktori bo‘lgan. Ularning ikkisi va uchuvchi halok bo‘lgan.
Tailandlik tadbirkor ushbu vertolyotdan Londondan Lesterga uchish va ortga qaytishda foydalangan.
Shrivaddxanaprabxa Tailandning eng badavlat odamlaridan biri bo‘lib, King Power Duty Free do‘konlar tarmog‘i asoschisi va bosh direktori hisoblanadi. U “Lester”ni 2011 yilda sotib olgan. Uning o‘g‘li Ayyavatt klub vitse-prezidenti lavozimini egallaydi. Ta’kidlanishicha, Augusta Westland AW-169 vertolyoti deyarli yangi bo‘lib, undan 2 yilgina foydalanilgan.

Foto: Getty Images
2016 yil mayida Shrivaddxanaprabxa “Lester”ning Premer-ligadagi sensatsion g‘alabasini jamoa bilan nishonlagan.
Tadbirkor 2018 yil aprelida 60 yoshini qarshilagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar