QR milliy xavfsizlik Davlat qo‘mitasi Qirg‘iziston sobiq prezidenti va QSDPning amaldagi yetakchisi Almazbek Atambayev atrofidagi yaqin kishilardan biri respublika sobiq prezidetining maslahatchisi Ikramjon Ilmiyanovning hibsga olinishi munosabati bilan Qirg‘iziston Sotsial-demokratik partiyasining bayonotiga munosabat bildirdi.
MXDQ o‘z xabarida tergov davom etayotganini, tergov “har tomonlama va obektiv olib borilayotganini” ta’kidlagan. Maxsus xizmatlarning ta’kidlashicha, «ko‘rsatilgan pul mablag‘larning kelib chiqishi va taqsimlanishi bilan bog‘liq vaziyat» o‘rganilmoqda.
«Shuni ta’kidlash kerakki, fuqoro Ikramjan Ilmiyanov tomonidan pul olingani borasida tergovda yetarlicha dalillar bor. Ayni damda Ilmiyanov tergov bilan faol hamkorlik qilmoqda», –deyiladi qo‘mita bayonotida.
29 oktyabr kuni QSDP MXDQ bilan yozishmalarini e’lon qildi. MXDQ o‘z so‘rovida partiyadan Ikramjan Ilmiyanov tomonidan 2017 yil 8 avgust kuni «Dizel komplekt» kompaniyasidan prezidentlik saylovi davrida mukofot va homiylik yordami sifatida 150 ming dollar olganini tasdiqlash so‘ralgan.
Bunga javoban QSDP saylov fondini nomzodning o‘zi, amaldagi Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov boshqarganini ma’lum qildi. Partiya MXDQga barcha masalalar bo‘yicha Jeenbekovga murojaat qilishni tavsiya qildi.
29 oktyabr kuni QSDP sobiq prezidentning maslahatchisi Ikramjan Ilmiyanovning tergov bilan hamkorlik qilayotgani borasidagi xabarlarni inkor qildi, bu xabarlarni «mish-mish» deya baholadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi