15:12 / 12.11.2018
3 930

Tojikistondagi qamoqxonada qo‘zg‘olonni bostirishda o‘ldirilgan mahbuslar soni 47 kishiga yetdi

Tojikistondagi qamoqxonada qo‘zg‘olonni bostirishda o‘ldirilgan mahbuslar soni 47 kishiga yetdi
Foto: «Axbor»
Facebook’da 8 noyabrga o‘tar kechasi Tojikiston shimolida joylashgan Xo‘jand shahridagi 3-axloq tuzatish va mehnat koloniyasidagi qo‘zg‘olonni bostirish chog‘ida o‘ldirilgan mahbuslarning suratlari tarqaldi, deb yozadi «Daryo» nashri.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 47 kishiga yetgan, yana 121 kishi yaralangan.

Fotosuratlarda o‘ldirilganlarning jasadlari noma’lum binoning beton poliga ikki qator qilib yotqizib qo‘yilganini ko‘rish mumkin.

Qat’iy rejimli koloniyada tartibsizliklar 8 noyabrga o‘tar kechasi yuz berdi. Turmaga militsiya maxsus topshiriqli bo‘linmalari tashlandi, qo‘zg‘olon bostirildi. Qo‘zg‘olonchilar sovuq qurol bilan qurollangan edi. Manbalarga ko‘ra, mahbuslardan biri qo‘riqchini qurolsizlantirib, uning avtomatidan boshqa qo‘riqchilarni o‘qqa tutgan.

Nashrning So‘g‘d viloyati huquq-tartibot organlaridagi manbasi ma’lum qilishicha, 7 noyabrgacha o‘tar kechasi koloniyada ikki navbatchi nazoratchi mahbuslardan birini qip-yalang‘och holda bir necha soat yomg‘ir tagida turishga majburlagan, bu esa qo‘zg‘olonga sababchi bo‘lgan.

Avvalroq IShID terrorchilik guruhi Tojikistonning Xo‘jand shahridagi qattiq tartibli koloniyada yuz bergan tartibsizlik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani xabar berilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistondagi qamoqxonada qo‘zg‘olonni bostirishda o‘ldirilgan mahbuslar soni 47 kishiga yetdi