Foto: «Tengrinews»
Olmaota viloyati davlat xizmatchilari sovg‘alardan voz kechib, internetda #mensiyliqalmaymin fleshmobini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Qozog‘iston Respublikasining davlat xizmatlari va korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi hududiy departamenti Olmaota viloyati Iqtisodiyot va byudjetni rejalashtirish boshqarmasi xodimlari bilan davlat xizmatchilarining sovg‘alarini topshirish tartibini muhokama qildi.
«Har bir halol va o‘zini hurmat qilgan davlat xizmatchisining burchi sovg‘ani olgan yoki aniqlagan kunidan boshlab yetti kun ichida uni Olmaota davlat mulki va xususiylashtirish Departamentiga topshirishdir», — deydi davlat xizmatlari va korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi xodimi Simat Israypulova.
Davlat mulki departamenti yetti kun ichida sovg‘ani baholashni amalga oshiradi, shundan so‘ng oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha mahsulotni xarid qilish mumkin bo‘ladi. Rad qilingan taqdirda sovg‘a uchinchi shaxsga sotiladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, sovg‘a ko‘rinishidagi mol-mulkni vakolatli organga to‘liq va (yoki) o‘z vaqtida topshirmasa, ushbu harakatlarda jinoyat belgisi mavjud bo‘lmasa, ma’muriy-huquqiy javobgarlik ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?