13:05 / 23.12.2018
3 603

Indoneziyada sunami konsertdagi tomoshabinlar va musiqachilarni oqizib ketdi (video)

Indoneziyada sunami konsertdagi tomoshabinlar va musiqachilarni oqizib ketdi (video)
Internetda Indoneziyaning Tanjung-Lesung shahrida Seventeen pop-guruhining konserti tasvirlangan lavha tarqaldi. Lavhada sunami to‘lqini konsert maydonchasini musiqachi va tomoshabinlar bilan birga oqizib ketganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Indoneziyada 22 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:27da Yava va Sumatra orollarini ajratib turuvchi Zond bo‘g‘ozida kuchli sunami qayd qilindi.

Tabiiy ofat oqibatida 43 kishi halok bo‘lgani, 584 kishi jabr ko‘rgani ma’lum qilindi. Shuningdek, ko‘plab uylar va bir nechta mehmonxona vayron bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada sunami konsertdagi tomoshabinlar va musiqachilarni oqizib ketdi (video)