19:56 / 23.12.2018
4 015

Konor Makgregor sudga berildi

Konor Makgregor sudga berildi
Foto: Twitter / @UFCEurope
UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makrgegor Habib Nurmagomedov bilan jangdan olgan gonoraridan butunlay mahrum qilinishi mumkin, deb yozadi «Daryo».

Gap 3 million dollar haqida ketmoqda. Bunga sabab esa UFC jangchisi Maykl Kezaning Makgregor ustidan sudga arz qilganidir. 2018 yil aprel oyida Konorning avtobusga hujum qilishi natijasida Keza jarohat oladi. Bungacha esa UFC Kezaga Habib Nurmagomedovga qarshi jang qilishi kerak bo‘lgan Maks Xolloueyni almashtirish taklif qilinadi. Ammo Keza jarohat olgani bois, Habibga qarshi jang qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Kezaning sudga bergan da’vosiga ko‘ra, Makregor qilgan jinoiy harakati (avtobusga hujumi nazarda tutilmoqda) UFC 229 oqshomi uchun reklama vazifasini o‘tab bergan. U bundan moliyaviy foyda olgan deya ta’kidlanadi da’voda. Nyu-York shtati qonunlariga ko‘ra esa jinoiy harakatlardan foyda olish taqiqlanadi.

Keza shuning uchun Makgregorni UFC 229 dagi gonorari va barcha reklamadan topgan daromadlaridan mahrum qilib, ularni apreldagi hujumdan jabrlanganlarga berishni talab qilib sudga arz qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Konor Makgregor sudga berildi