
Mamlakatdagi barcha internetdan foydalanuvchilar «Biz byarde» («Biz bu yerda») mahalliy internet tizimidan foydalanishi majburiy deya belgilandi. Xuddi shu tizimning taqdimot marosimi yaqinda Ashxaboddagi «Turkmaniston» konsert zalida bo‘lib o‘tgandi.
«Biz byarde» 13 yoshdan boshlab foydalanuvchilarni qabul qiladi. Foydalanuvchi akkuntidagi barcha axborotlar bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Nomaqbul axborot joylashtirilsa, hech qanday ogohlantirishlarsiz o‘chirib tashlanadi. Kimda kim mahalliy internet tizimini aylanib o‘tgan holda xorij tizimidan foydalansa, u tegishli tashkilotga «suhbat» uchun chaqiriladi. Bu jarayon jinoiy ish qo‘zg‘atish bilan ham tugashi ehtimoldan xoli emas.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar