
Ukraina sharqidagi qurolli ixtilof tomonlari 29 dekabr yarimtundan o‘t ochishni belgilanmagan muddatga to‘xtatishga kelishib oldi. Ukraina va o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari vakillari buni videoanjuman rejimida amalga oshirishgan.
Bu haqda Ukrainaning Minskdagi uch tomonlama kontakt guruhi muzokaralaridagi vakili Yevgeniy Marchuk ma’lum qildi. Marchuk tinchlik sulhi 29 dekabr soat 00:00dan amal qilishiga umid bildirgan.
Kontakt guruhining Minskdagi avvalgi uchrashuvida Donbassda tinchlik saqlashni 22 dekabrdan boshlashga muvaffaq bo‘linmagan, chunki o‘sha vaqtda Ukrainada hali harbiy vaziyat tartibi amal qilayotgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar