15:30 / 30.12.2018
4 134

Belarus prezidenti «Miss Belarus-2018» g‘olibasi bilan vals tushdi

Belarus prezidenti «Miss Belarus-2018» g‘olibasi bilan vals tushdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko milliy go‘zallik tanlovi g‘olibasi Mariya Vasilevich bilan raqsga tushdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Lukashenko Minskdagi mustaqillik saroyida o‘tkazilgan birinchi yoshlar Respublika yangi yil balida ishtirok etdi. Kadrlarda Lukashenkoning ajoyib kayfiyat bilan mahoratli raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin. Tadbirda o‘qish, sport, jamoatchilik hayotida faol, shuningdek prezident jamg‘armasi stipendiatlari bo‘lgan qariyb uch yuz nafar yoshlar ishtirok etdi.

Balni ochib berar ekan, prezident ushbu jiddiy marosimlarning guvohi bo‘lgan saroy ilk bor yoshlar sababli norasmiy, bashang va tantanali ruhda ekanligini hamda mazkur tadbir barcha yoshlarga ularning mehnatsevarligi va tirishqoqligi uchun sovg‘a ekanini aytdi. Yigirma yoshli Mariya Vasilevich milliy tanlovda 30 nafar raqibasini ortda qoldirib g‘olib bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarus prezidenti «Miss Belarus-2018» g‘olibasi bilan vals tushdi